Toʻlovlar hisobi: kim toʻladi, kim qarzdor — bir qarashda
VION oʻquvchilar toʻlovini qabul qiladi va hisoblaydi. Pul toʻgʻridan-toʻgʻri markazingiz hisobiga tushadi — VION pulingizni ushlab turmaydi va oʻquvchilar toʻlovidan foiz olmaydi.
Oʻz kassangiz: Payme, Click, Uzum
Oʻz Payme, Click yoki Uzum kassangizni ulang — onlayn toʻlovlar toʻgʻridan-toʻgʻri shu hisobga tushadi. Fiskal chek ham shu yerdan beriladi.
Naqd va karta
Naqd yoki karta orqali olingan toʻlovni bir bosishda yozing. Chekni 80 mm printerda chiqarish mumkin.
Qarzdorlar va chegirmalar
Har oy kim qancha toʻlashi kerakligi guruh narxidan hisoblanadi. Oʻquvchi oy oʻrtasida qoʻshilsa, toʻlov qoʻshilgan kunidan boshlanadi. Qarzdorlar roʻyxati va chegirmalar bir joyda.
Hisobotlar va maosh
Tushum, xarajatlar va toʻlov usullari boʻyicha hisobot: Click, bank va naqd alohida koʻrinadi. Oʻqituvchilar maoshi ham shu yerda hisoblanadi.
Koʻp soʻraladigan savollar
Oʻquvchilar toʻlovi qayerga tushadi?
Toʻgʻridan-toʻgʻri markazingizga. Siz oʻzingizning toʻlov tizimi hisobingizni ulaysiz va oʻquvchilar toʻlovni bevosita unga qiladi — VION pulingizni ushlab turmaydi. Platforma obunasi alohida toʻlanadi.
VION foiz oladimi?
Yoʻq. Siz faqat platforma uchun oylik obuna toʻlaysiz; oʻquvchilar toʻlovidan foiz olinmaydi.
Qaysi toʻlov tizimlari ulanadi?
Payme, Click va Uzum. Naqd, karta va bank orqali olingan toʻlovlar qoʻlda yoziladi.
VIONni oʻz markazingiz misolida koʻring
Birinchi 30 kun bepul. Oʻquvchilar, darslar va kundalik ishni qanday yuritishni koʻrsatamiz.