VION

Oʻquv markazi uchun CRM qanday tanlanadi: tanlashdan oldin 8 ta savol

CRM markazning har kungi ishiga kiradi: qabul, guruhlar, davomat va toʻlovlar. Notoʻgʻri tanlov keyin koʻchirib oʻtishga vaqt va pul talab qiladi. Quyidagi savollarni istalgan tizimga bering — har biriga VION qanday javob berishini ham yozdik.

Bepul boshlash

1. Oʻquvchilar toʻlovi qayerga tushadi?

Ayrim tizimlar toʻlovni avval oʻz hisobiga yigʻadi va keyin oʻtkazadi. Pul toʻgʻridan-toʻgʻri markaz hisobiga tushishini aniqlang. VIONda markaz oʻz Payme, Click yoki Uzum hisobini ulaydi: oʻquvchi toʻlovni bevosita unga qiladi, VION pulni ushlab turmaydi va foiz olmaydi.

2. Mavjud bazani koʻchirib boʻladimi?

Excel yoki boshqa tizimdagi oʻquvchilar roʻyxatini qoʻlda qayta kiritish — haftalab ish. VION roʻyxatni CSV fayldan import qiladi va saqlashdan oldin koʻrsatib beradi; kurslarni Moodleʼdan koʻchirish mumkin.

3. Davomat qanday belgilanadi?

Oʻqituvchi darsda telefondan belgilay oladimi? Bogʻcha yoki maktab boʻlsa, kirishdagi kamera bilan ishlay oladimi? VIONda ikkalasi ham bor: guruh roʻyxatida bir bosishda belgilash va yuzni taniydigan kamera (УникУМ bogʻchasida 200 dan ortiq bola shunday).

4. Telefondan ishlaydimi?

Rahbar, administrator va oʻqituvchi kompyutersiz ham ishlay olishi kerak. VION brauzerda ishlaydi: telefon, planshet yoki kompyuterdan, hech narsa oʻrnatmasdan.

5. Ota-onalar maʼlumoti saqlanadimi?

Bolalar bilan ishlaydigan markazda ota-ona kontakti oʻquvchi kartasida turishi kerak. VIONda har bir oʻquvchining ota-onasi kontakti kartada, aka-uka va opa-singillar bitta oila raqami bilan bogʻlanadi.

6. Narx qanday hisoblanadi?

Oylik obuna, oʻquvchi soniga qarab yoki toʻlovdan foiz — farqni oldindan bilib oling. VION — oylik obuna: oflayn markaz uchun Lite oyiga 10 $, onlayn darslar bilan Start oyiga 15 $ dan. Oʻquvchilar toʻlovidan foiz olinmaydi.

7. Onlayn darslar kerak boʻladimi?

Kelajakda video darslar sotmoqchi boʻlsangiz, ular alohida tizimda emas, CRM ichida boʻlgani qulay. VIONda himoyalangan video darslar, kitob oʻqish va tekshirish sahifasi bilan sertifikatlar bor — FLS Academy shunday ishlaydi.

8. Sinab koʻrish mumkinmi?

Tizimni oʻz maʼlumotingiz bilan sinab koʻring, faqat taqdimotga ishonmang. VIONni 30 kun bepul sinash mumkin; demo davomida markaz, xonalar va oʻquvchilarni birga sozlab chiqamiz.

Koʻp soʻraladigan savollar

Eng yaxshi CRM qaysi?

Hammaga birdek mos tizim yoʻq. Markazingiz hajmi, toʻlov usullari va onlayn darslarga ehtiyojiga qarab tanlang: yuqoridagi 8 savolga javoblarni solishtiring va tizimni oʻz maʼlumotingiz bilan sinab koʻring.

Oʻquvchilar toʻlovi qayerga tushadi?

Toʻgʻridan-toʻgʻri markazingizga. Siz oʻzingizning toʻlov tizimi hisobingizni ulaysiz va oʻquvchilar toʻlovni bevosita unga qiladi — VION pulingizni ushlab turmaydi. Platforma obunasi alohida toʻlanadi.

VION qancha turadi?

Birinchi 30 kun bepul. Keyin oylik obuna: oflayn markaz uchun Lite oyiga 10 $, onlayn darslar bilan Start oyiga 15 $ dan. Oʻquvchilar toʻlovidan foiz olinmaydi.

VIONni oʻz markazingiz misolida koʻring

Birinchi 30 kun bepul. Oʻquvchilar, darslar va kundalik ishni qanday yuritishni koʻrsatamiz.