VION

Oʻquv markazi uchun CRM: oʻquvchilar, guruhlar va toʻlovlar bir joyda

Daftar, Excel va Telegram guruhlarida tarqalib yotgan maʼlumotni bitta joyga yigʻing. VION — oʻquv markazlari va til maktablari uchun CRM: kim qaysi guruhda oʻqiydi, kim darsga keldi, kim toʻladi va kim qarzdor — hammasi bir ekranda koʻrinadi.

Bepul boshlash

Oʻquvchi kartasi

Har bir oʻquvchining telefoni, ota-onasining kontakti, guruhi, toʻlovlari va izohlari bitta kartada. Aka-uka va opa-singillar bitta oila raqami bilan bogʻlanadi.

Guruhlar va dars jadvali

Guruh oching, oʻqituvchi va xonani belgilang, haftalik dars jadvalini tuzing. Oʻquvchini bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish bir necha bosishda.

Davomat va toʻlovlar

Oʻqituvchi davomatni dars paytida belgilaydi, toʻlovlar oʻquvchi kartasiga tushadi. Kim qancha toʻlagani va qancha qolgani darhol koʻrinadi.

Bazani koʻchirib oʻtish

Mavjud oʻquvchilar roʻyxatini CSV fayldan import qiling — saqlashdan oldin tizim maʼlumotni koʻrsatib beradi. Kurslarni Moodleʼdan ham koʻchirish mumkin.

Kimlar ishlatadi

Kenzone Learning Center (100 dan ortiq oʻquvchi), My English with Sagdiana til maktabi, УникУМ bogʻchasi va boshqa markazlar har kuni VIONda ishlaydi.

Koʻp soʻraladigan savollar

VION qancha turadi?

Birinchi 30 kun bepul. Keyin oylik obuna: oflayn markaz uchun Lite oyiga 10 $, onlayn darslar bilan Start oyiga 15 $ dan. Oʻquvchilar toʻlovidan foiz olinmaydi.

Oʻquvchilar toʻlovi qayerga tushadi?

Toʻgʻridan-toʻgʻri markazingizga. Siz oʻzingizning toʻlov tizimi hisobingizni ulaysiz va oʻquvchilar toʻlovni bevosita unga qiladi — VION pulingizni ushlab turmaydi. Platforma obunasi alohida toʻlanadi.

Texnik bilim kerakmi?

Yoʻq. Smartfon va brauzerdan foydalana olsangiz, VION bilan ham ishlay olasiz. Sozlash bir necha qadamdan iborat — markaz, xonalar va oʻquvchilar — demo davomida ularni birga koʻrib chiqamiz.

VIONni oʻz markazingiz misolida koʻring

Birinchi 30 kun bepul. Oʻquvchilar, darslar va kundalik ishni qanday yuritishni koʻrsatamiz.