VION

Davomat tizimi: darsda bir bosishda yoki kirishdagi kamera orqali

Qogʻoz jurnal va Excel jadvali oʻrniga — VION davomati. Oʻqituvchi guruh roʻyxatida kim kelganini belgilaydi, rahbar esa butun markaz boʻyicha davomatni bir joyda koʻradi.

Bepul boshlash

Dars paytida belgilash

Oʻqituvchi telefon yoki kompyuterdan guruh roʻyxatini ochadi va kelgan-kelmaganlarni belgilaydi. Davomat shu zahoti saqlanadi.

Kirishdagi kamera

Bogʻcha yoki maktab kirishiga yuzni taniydigan kamera qoʻyilsa, bola kirganda davomat oʻzi belgilanadi. УникУМ bogʻchasida 200 dan ortiq bolaning davomati shunday yuritiladi.

Oylik jadval va hisobotlar

Oy boʻyicha davomat jadvali guruh va oʻquvchi kesimida koʻrinadi. Rahbar har bir guruhning holatini bitta sahifada koʻradi.

Davomat va toʻlov bogʻliq

Bogʻchada yopiq kunlar va bayramlar oylik toʻlovdan oʻzi ayiriladi, oʻqituvchi va tarbiyachilarning maoshi esa ishlagan kunlariga qarab hisoblanadi.

Koʻp soʻraladigan savollar

Kamera shartmi?

Yoʻq. Davomatni oʻqituvchi qoʻlda belgilaydi; kirishdagi kamera — qoʻshimcha imkoniyat, asosan bogʻcha va maktablar uchun.

Telefondan belgilasa boʻladimi?

Ha. VION brauzerda ishlaydi: telefon, planshet yoki kompyuterdan — hech narsa oʻrnatish shart emas.

VION qancha turadi?

Birinchi 30 kun bepul. Keyin oylik obuna: oflayn markaz uchun Lite oyiga 10 $, onlayn darslar bilan Start oyiga 15 $ dan. Oʻquvchilar toʻlovidan foiz olinmaydi.

VIONni oʻz markazingiz misolida koʻring

Birinchi 30 kun bepul. Oʻquvchilar, darslar va kundalik ishni qanday yuritishni koʻrsatamiz.