Onlayn kurs platformasi: video, test, sertifikat va toʻlov bir joyda
Kurslaringizni oʻz brendingiz ostida soting. VION video darslarni joylaydi, testlarni oʻzi tekshiradi, sertifikat beradi va toʻlovni Click yoki Payme orqali qabul qiladi.
Himoyalangan video darslar
Video ustida koʻrayotgan oʻquvchining belgisi chiqadi va havola faqat shu oʻquvchi uchun ishlaydi — kursni koʻchirib tarqatish qiyinlashadi.
Testlar va sertifikatlar
Testlar avtomatik baholanadi. Kursni tugatganlarga sertifikat beriladi, uning haqiqiyligini istalgan kishi saytda tekshira oladi.
Sotish va toʻlov
Kurs sahifasi, Click va Payme orqali toʻlov, boʻlib toʻlash va oʻquvchi kabineti. Uranus.uz va Kelajak Academy kurslarini shu yoʻl bilan sotadi.
Kitoblar va materiallar
Darslik va kitoblarni himoyalangan oʻqish oynasida bering — FLS Academy logistika kitobini shunday oʻqitadi. Mavjud kurslarni Moodleʼdan koʻchirish mumkin.
Koʻp soʻraladigan savollar
Oflayn markaz ham ishlatsa boʻladimi?
Ha. Oflayn guruhlar, davomat va toʻlov bitta tizimda; onlayn darslar va video joy «Oflayn + Onlayn» tariflarida yoqilgan.
Video qayerda saqlanadi?
VIONning oʻzida: tarifga qarab 1 GB dan cheksizgacha video joy. Qoʻshimcha joy ham olsa boʻladi.
VION qancha turadi?
Birinchi 30 kun bepul. Keyin oylik obuna: oflayn markaz uchun Lite oyiga 10 $, onlayn darslar bilan Start oyiga 15 $ dan. Oʻquvchilar toʻlovidan foiz olinmaydi.
VIONni oʻz markazingiz misolida koʻring
Birinchi 30 kun bepul. Oʻquvchilar, darslar va kundalik ishni qanday yuritishni koʻrsatamiz.